Ayollar futboli: Oliy Liga jamoalariga ikkita mahalliy futbolchi bilan o‘ynashga ruxsat berildi

Xabar berganimizdek, 3-iyul kuni ayollar o‘rtasida Oliy liga yangi mavsumiga start beriladi. Bu yilgi musobaqalar reglamentiga ko‘ra, ayollar jamoalari Oliy liga yangi mavsumida 5 nafar mahalliy futbolchini maydonga tushirishi majburiy qilib belgilangan edi. Ammo, hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, O‘zPFL jamoalarga biroz engillik berishga qaror qildi.

Gap shundaki, hozirgi pandemiya sharoiti klublarga futbolchilarni o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazishi masalasida biroz qiyinchilik tug‘dirdi. Shu bois, klublarga bu borada engillik berildi. Endilikda, klublar 1-davrada avvaldan belgilanganidek 5 nafar emas, 2 nafar mahalliy futbolchini asosiy tarkibda maydonga tushirishiga ruxsat berildi. Yozgi transfer oynasi paytida jamoalar safiga yangi futbolchilar qo‘shilishi hisobga olinib, ikkinchi davrada limit 3 nafarni tashkil etishi belgilandi.

Shu tariqa, mahalliy futbolchilar limiti 1-davra uchun 2 nafar, 2-davra uchun esa 3 nafarni tashkil qiladi. Eslatib o‘tamiz, ayollar o‘rtasida Oliy liga yangi mavsumida 12ta jamoa ishtirok etadi. Chempionat bahslari esa 3-iyul kuni boshlanadi.

mib
cola
apex
bmb