Nilufar Qudratova: Faqat va faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz

Xabaringiz bor, bugun Zomin shahrida ayollar futboli bo‘yicha VI O‘zbekiston Superkubok uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. “Zomin” stadionida o‘tgan mavsum O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan Toshkentning “Bunyodkor-W” klubi mamlakat chempioni Qarshining “Sevinch” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv oldidan “Sevinch” hujumchisi Nilufar Qudratovaning uyin oldi fikrlari bilan kizikdik.

“Bugungi bahs mavsumdagi dastlabki uchrashuv sanaladi va karantindan so‘ng futbolchilarning o‘ynida pasayish kuzatiladi. Individual mashg‘ulotga qaraganda, jamoaviy shug‘ullanishning samarasi ko‘proq.

Bo‘lajak bellashuvga jamoamiz ruhan tayyor va futbolni judayam sog‘ingan. O‘tgan yilgi uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan edik va bugun faqat va faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. “Sevinch”da jamoa taqdirini bitta futbolchi hal qilmaydi, biz jamoaviy o‘yin ko‘rsatamiz, qisqa muddatli tayyorgarlikka qaramasdan jamoa ruhan va jismonan tayyor deb o‘ylayman”, – dedi Qudratova.

mib
cola
apex
bmb