Muxsin Muhammadiyev: Har bir o‘yin finalga teng

Coca Cola Superligasi 6-turidan o‘rin olgan “Nasaf” hamda “Buxoro” (0:0) jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng mehmonlar ustozi Muxsin Muhammadiyev uchrashuv haqidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugun qiyin bellashuv bo‘ldi. “Nasaf” ajoyib jamoa. Ular bugun bizdan ustunlik qilishdi, o‘yinni nazorat qilishdi va ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratishdi. Yigitlarga rahmat aytmoqchiman. Ko‘rsatmalarni to‘liq bajarishdi, oxirigacha sabr qilishdi. “Nasaf” Superliga restartiga bizdan ko‘ra ko‘proq tayyorgarlik olib bordi. Bizda esa bunday sharoit va imkoniyat bo‘lgani yo‘q. O‘yindan oldin tarkibimizda yo‘qotish mavjud edi. Behruz Shodmonov jarohat olib safdan chiqdi, bu achinarli.

Yana bir bor yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Ular oxirigacha kurashishdi. Safarda bir ochko ishlaganimizdan xursandmiz. Jamoamizdagi legionerlar pandemiya boshlanishidan oldin yurtlariga ketishgan. Hozirda etib kela olishmaydi. O‘tgan yili “Nasaf”ni Qarshida mag‘lub etgan edik. Bu safar durang qayd etdik. Maqsadimiz o‘yinimizni kuchaytirish. Biz uchun har bir o‘yin finalga teng”, – dedi Muhammadiyev.

mib
cola
apex
bmb