Coca Cola O‘zbekiston kubogi. Ertaga ikkinchi saralash bosqichiga qur’a tashlanadi

23-iyun kuni Coca Cola O‘zbekiston kubogida birinchi saralash bosqichi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichda g‘alaba qozongan to‘rt jamoa ikkinchi bosqichga yo‘l oladi. Ertaga soat 21:00 da Coca Cola O‘zbekiston kubogi ikkinchi bosqichiga qur’a tashlanadi. Qur’a "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Ikkinchi bosqichda g‘alaba qozongan ikki jamoa Coca Cola Superliganing 14 klubiga qo‘shilib, kubokning guruh bosqichiga yo‘llanma oladi. Eslatib o‘tamiz, Coca Cola O‘zbekiston kubogi finali Namangan shahrida bo‘lib o‘tadi.

mib
cola
apex
bmb