Ro‘ziqul Berdiev: Bunday o‘yin bilan g‘alaba qozonish qiyin

Coca Cola Superliga 5-turidan olgan “Mash’al” va “Nasaf” (0:2) jamoalari o‘rtasidagi bahsdan keyin “ajdarlar” ustozi Ro‘ziqul Berdiev o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

“O‘yin og‘ir kechdi. Biz chuqur himoyalanadigan jamoalarga qarshi o‘ynashda muammolarga uchramoqdamiz. Ikkinchi o‘yindirki, shu holat takrorlanyapti. Buning uchun bizning hujum chizig‘idagi vakillarimiz yaxshi o‘ynashi kerak. Ammo ular bugun maydonda umuman ko‘rinmadi. Bugun 4 ta hujumchi bilan o‘ynadik, ammo  hech biri darvozaga zarba bera olmadi. Bunday o‘yin bilan g‘alaba qozonish qiyin.

Bundan tashqari “Mash’al” jamoasi bugun 5 kishilik himoya qo‘rg‘onini yaxshi tashkil etdi. Tezkor qarshi hujumlar ham uyushtirishdi. O‘yin shunday yakunlanishi kerak edi. Chunki biz vaziyat yarata olmadik, muborakliklar ko‘proq himoyalandi”, – dedi Berdiev.

mib
cola
apex
bmb