Diyor Mirzaboev: Barcha aybni darvozabonga ag‘darmaslik lozim

Coca Cola Superliga 5-turidan o‘rin olgan "Andijon" va "Metallurg" (0:2) jamoalari o‘rtasidagi bahsdan keyin mezbonlar ustozi Diyor Mirzaboev o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Hozir har qanday fikrim bahonaga o‘xshashi mumkin. Barcha aybni darvozabonga ag‘darmagan bo‘lardim. Xabaringiz bor, jamoamizga yangi murabbiy kelgan. Yangi murabbay o‘z falsafasini yigitlarga etkazishi uchun vaqt talab qilinyapti. 
Har bir uchrashuvda g‘alaba uchun maydonga chiqishni niyat qilamiz, lekin niyatning o‘zi kamlik qiladi. Ishlashimiz kerak, faqat mehnat talab qilinadi. Vaqti kelib Viktor Kumikovning imzosi bilinadi. Hozir uning falsafasi ostida ishlayapmiz”,
– dedi Mirzaboev.

mib
cola
apex
bmb