“Mash’al” – “Nasaf”. O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Bugun Coca ColaSuperliga 5-turidan o‘rin olgan so‘nggi ikki o‘yin bo‘lib o‘tadi. Muborakning “Mash’al” jamoasi “Bahrom Vafoev” stadionida “Nasaf” klubini qabul qiladi. Chempionat doirasida muxlislar shu vaqtga qadar ushbu jamoalar o‘rtasidagi 30 ta voha derbisi guvohi bo‘lishgan. 16 bahsda qarshiliklar g‘alaba qozongan bo‘lsalar, 8  ta bellashuvda “gazchilar”ning qo‘li baland kelgan. Yana 10 qarama-qarshilikda esa g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar nisbati 48-28, “Nasaf” foydasiga.

“Mash’al”ning “ajdarlar” ustidan qozongan eng yirik g‘alabsi 4:1, “Nasaf”ning o‘zaro o‘yinlardagi eng yirik g‘alabasi 3:0 ni tashkil etadi. Ma’lumot uchun, ushbu qarama-qarshilik soat 19:00 da “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv yurtimizda joriy qilingan karantin qoida va me’yorlari sabab muxlislarsiz o‘tkaziladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb