Andrey Kanchelskis: Vaziyatlardan foydalanganimizda, hisob yirik ko‘rinish olishi mumkin edi

Coca Cola Superligasi 5 turidan o‘rin olgan «Navbahor» va «Buxoro» jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng «Navbahor» klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"O‘zingiz ko‘rdingiz, uchrashuv juda og‘ir o‘tdi. Ikkinchi taymda, ayniqsa, «Buxoro» klubiga qarshi turish qiyin kechdi. Yaxshi vaziyatlar yaratdik, biroq ulardan unumli foydalana bilmadik. Aks holda, hisob yanada yirik ko‘rinish olishi mumkin edi. 

Buxoroliklarga minnatdorchilik bildiraman. Ular o‘zlarida yuzaga kelgan muammolarga qaramasdan kuchli o‘yin namoyish etishdi. Bir nechta vaziyatda tajriba etishmadi. Jamoa so‘nggi o‘rinda borayotgan bo‘lsa-da, ruhiy jihatdan ancha chidamli ekanligini namoyish eta oldi", - dedi rossiyalik mutaxassis.

mib
uzcard
cola
apex
bmb