AGMK – “Surxon”. O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Bugun Coca Cola Superligada 5-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Bu mavsum mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Olmaliqning AGMK jamoasi bu tur “Surxon”ni qabul qiladi.

Ushbu jamoalarning yo‘llari hozirga qadar ikki marta kesishgan xolos. O‘tgan mavsum Olmaliqda kechgan bahsda Dilshod Jo‘raev va San’at Shixov tomonidan kiritilgan ikki gol mezbonlarga 3 ochko keltirgan bo‘lsa, Termizdagi uchrashuvda Abror Ismoilovning goli “Surxon”ni g‘olib qilgan edi.

Ushbu qarama-qarshilik soat 20:00 da “Dunyo bo’ylab” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv yurtimizda joriy qilingan karantin qoida va me’yorlari sabab muxlislarsiz o‘tkaziladi.

 

mib
cola
apex
bmb