Coca Cola Superliga. “Paxtakor” poytaxt derbisidagi eng yirik g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Bugun Coca Cola Superligasida 5-tur o‘yinlari start oldi. Turning markaziy uchrashuvi Toshkentda kechdi. Unda poytaxtning “Paxtakor” hamda “Bunyodkor” jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi.

“Paxtakor” markaziy stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 5:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. 1-daqiqada Dragan Cheranning uzatmasidan so‘ng Sardor Sobirxo‘jaev hisobni ochdi. Taym so‘nggida esa “sherlar” tempni oshirishdi va 5 daqiqa ichida 3 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Gollarga Dragan Cheran (dubl) va Eren Derdiyoklar mualliflik qildi. Ikkinchi bo‘limda esa Lutfulla To‘raev o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Shu tariqa, “Paxtakor” “Bunyodkor”ga qarshi derbi bahslaridagi o‘zining eng yirik g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bundan oldingi natija 4:0 ni tashkil etar edi.

Coca Cola Superliga. 5-tur

19 iyun, juma

PAXTAKOR – BUNYoDKOR 5:0 (4:0)

Toshkent. “Paxtakor” markaziy stadioni

Hakamlar: Sherzod Qosimov, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Rahim Karimov

Nazoratchi: G‘ayrat Karimov

Komissar: Laziz Qo‘chqorov

Gollar: Sardor Sobirxo‘jaev, 1 (1:0), Dragan Cheran, 40 (2:0), Dragan Cheran, 42 (3:0), Eren Derdiyok, 45 (4:0), Lutfulla To‘raev, 63 avtogol (5:0)

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Xojiakbar Alijonov (Alisher Salimov, 63), Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Egor Krimets  (Anzur Ismoilov, 63), Dostonbek Hamdamov (Asad Sobirjonov, 81), Odiljon Hamrobekov, Sherzod A’zamov, Sardor Sobirxo‘jaev (Humoyunmirzo Iminov, 81), Farruh Sayfiev, Eren Derdiyok (Igor Sergeev, 63).

“Bunyodkor”: Abdumavlon Abdujalilov, Islomjon Qobilov, Anvar G‘ofurov (Muhammadodil Qahramonov, 76), Dilshodbek Ahmadaliev (Abdulla Abdullaev, 41),  Jasur Jaloliddinov (Shaxboz Erkinov, 76), Rasul Yo‘ldoshev, Lutfulla To‘raev (Suhrob Izzatov, 76), Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov, Selim Nurmuradov (Farruh Ikromov, 31), Humoyun Murtozaev.

Ogohlantirish: Dragan Cheran, 13.

mib
cola
apex
bmb