Coca Cola Superliga. “Qo‘qon-1912” “Qizilqum” darvozasiga javobsiz 4 ta to‘p kiritdi

Bugun Coca Cola Superligasida 5-tur o‘yinlari start oldi. Turning ilk uchrashuvi Qo‘qonda kechdi. Unda mahalliy “Qo‘qon-1912” jamoasi Navoiyning “Qizilqum” klubiga qarshi bahs olib bordi.

Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvda mezbonlar 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Otabek Haydarov, Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov va Sobit Sindarov mualliflik qildi.

Coca Cola Superliga. 5-tur

19 iyun, juma

QO‘QON-1912 – QIZILQUM 4:0 (0:0)

Qo‘qon. “Markaziy” stadion

Hakamlar: Vadim Agishev, Rishat Nugmanov, Xasan Nabiev, Akmal Raximov

Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘aev

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gollar: Otabek Haydarov, 61 (1:0), Murod Xolmuhammedov, 88 penaltidan (2:0), Aleksandr Mezlyakov, 90 (3:0), Sobit Sindarov, 90+3 (4:0)

“Qo‘qon-1912”: Botirali Ergashev, Bobirjon Akbarov, Suxrob Berdiev (Muhamadanas Hasanov, 90), Quvondiq Ro‘ziev (Bek Abdullaev, 90), Otabek Haydarov (Iqboljon Malikjonov, 75), Sardorbek Azimov (Sobit Sindarov, 46), Oybek Rustamov, Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Filip Raevats (Hamidullo Abduhamidov, 46), Murod Xolmuhammedov.

“Qizilqum”: Artyom Makosin, Ruslan Margiev, Alisher Sanoev, Qadamboy Nurmetov (Abdi Bashimov, 66), Fayzulla Qambarov, Salim Mustafoev, Sherali Jo‘raev (Sunnatilla Abdullajonov, 86), Azizbek Usmonov (Vezirgeldi Ilyasov, 86), Makkartni Naveseb, Oleg Tolmasov, Doniyor Usmonov (Doston Ibragimov, 66).

Ogohlantirishlar: Bobirjon Akbarov, 9, Oybek Rustamov, 46, Hamidullo Abduhamidov, 90+1 – Azizbek Usmonov, 26, Qadamboy Nurmetov, 40, Alisher Sanoev, 61, Fayzulla Qambarov, 71.

mib
cola
apex
bmb