Shota Arveladze: Futbol o‘ynashga harakat qilish kerak

Coca Cola Superliganing 5-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» - «Bunyodkor» (5:0) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Shota Arveladze ishtirok etdi.

“Jizzaxdagi o‘yin bilan taqqoslaganda bugun ko‘proq futbol o‘ynadik. Bu «Bunyodkor»ni futbol o‘ynashni xush ko‘radigan jamoa ekanligidan dalolat. Aslida yomon o‘ynaysanmi yaxshimi, futbol o‘ynashga harakat qilish kerak. Bugungi g‘alaba o‘tgan turdagi mag‘lubiyatdan keyin juda kerak edi. Ilk daqiqada gol urdik. 1:0 hisobi vaqtida darvozabonimiz bizni qutqardi. Oldingi mag‘lubiyatdan keyin yaxshi o‘ynadik”, - dedi gruziyalik mutaxassis.

“Bunyodkor” matbuot xizmati

mib
cola
apex
bmb