Vadim Abramov: Bugun “Paxtakor”ning barcha zarbasi golga aylandi

Coca Cola Superliganing 5-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» - «Bunyodkor» (5:0) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.

“Nima ham der edim, «Paxtakor»ni g‘alaba bilan tabriklayman! Fikrimcha, hisob o‘yinga mos emas. Afsuski, futbolda ba’zida shunday bo‘lib turadi. Aytishim mumkin, bugun «Paxtakor»ning darvozamiz tomon yo‘llagan barcha zarbasi golga aylandi. Birinchi daqiqadayoq gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsakda, o‘yinni borishini o‘zimiz tomonga o‘zgartira olgandik, biroq gol ura olmadik. Aksincha, 40-daqiqadan keyin nimalardir bo‘ldi va hisob yiriklashib ketdi.

Raqib darvozasi oldida yuzaga keltirayotgan vaziyatlarimizdan foydalanishimiz kerak. Bizda aksi bo‘lyapti. Yosh bolalardek xatolarga yo‘l qo‘yyapmiz. Ikki hujumchimiz darvozaga yaqinlashsa-yu, vaziyatni ijobiy yakunlash o‘rniga to‘pni oyoqqa moslashtira olmasak? Nazarimda bu mahorat bilan bog‘liq. «Paxtakor»da esa, «klassi» yuqori darajadagi o‘yinchilar ko‘p”, – dedi Abramov.

“Bunyodkor” matbuot xizmati

mib
cola
apex
bmb