“Zomin” stadionida ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi-2020 uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Ayollar futboli bo‘yicha yangi mavsum start olishiga ham sanoqli kunlar qoldi.

Bilasiz, o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Qarshining “Sevinch” jamoasi 1-o‘rinni egallab, o‘z tarixida 13-bor O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan edi. “Bunyodkor-W” jamoasi qizlari esa mamlakat kubogiga ega chiqishgan edi.

2020-yilgi mavsum avvalida esa ushbu ikki klub mamlakat Superkubogi uchun bahs olib borishadi. Mazkur uchrashuv joriy yil ta’mirlash ishlari olib borilib, zamonaviy ko‘rinishga keltirilgan “Zomin” stadionida bo‘lib o‘tadi. Qayd etish joiz, uchrashuv yangi ta’mirlangan stadiondagi ilk rasmiy bahs hisoblanadi.

O‘zbekiston Superkubogi-2020

29-iyun, dushanba

18:00 “BUNYoDKOR-W” - “SEVINCh”

“Zomin” stadioni.

mib
cola
apex
bmb