Ayollar futboli. O‘zbekiston kubogi birinchi bosqichiga qur’a tashlandi

Bugun “Bunyodkor” stadioni anjumanlar zalida ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bosqichda Birinchi liganing 8 jamoa o‘zaro kurash olib boradi.

Saralash bosqichida g‘alaba qozongan 4 klub Oliy liganing 12 jamoasiga qo‘shilib, musobaqani 1/8 final bosqichida davom ettiradi. 1/8 final juftliklari qur’a tashlash marosimi orqali aniqlanadi.

O‘zbekiston kubogi. Saralash bosqichi

30 iyul, payshanba

Sho‘rtan Lady – Sevinch-2

AGMK W-2 – Dinamo W

31 iyul, juma

Qo‘qon-1912 W – Neftchi W

Mash’al W – Xorazm W.

mib
cola
apex
bmb