“Turon” A Pro-liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Bilasiz, V Pro-liganing g‘arbiy va sharqiy mintaqalari bahslari poyoniga etdi. Musobaqa reglamentiga muvofiq mazkur ikki mintaqada 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalar pley-off bosqichida ishtirok etishmoqda.

20 noyabr kuni yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi va unda g‘olib chiqqan “Turon” hamda “Zomin” jamoalari A Pro-liga yo‘llanmasi uchun o‘zaro kurash olib borishdi.

 

Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvda yaypanliklar qo‘shimcha bo‘limda kiritilgan gol evaziga 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, A Pro-liga yo‘llanmasiga ega chiqishdi.

 

B Pro-liga / Pley-off / Final

 

22 noyabr, juma

 

ZOMIN - TURON 2:3

Hakamlar: Asker Najafaliev, Avaz Abdullaev, Sardor Nishonboev

Nazoratchi: Temur Abdullaev

Komissar: Jamshid Imomov

 

Gollar: Farruhbek Hojibekov 24 (1:0), Doston Toshmatov 39 (2:0),  Yodgor Nazarov 80  (2:1), Yodgor Nazarov 83 (2:2), Asilbek Qayumov 107 (2:3).

mib
cola
apex
bmb