"Sevinch" – o‘n bir karra O‘zbekiston kubogi sohibi

Jizzax shahri mezbonlik qilgan futzal bo‘yicha, ayollar o‘rtasidagi XII O‘zbekiston Kubogi musobaqasining bugun final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda “Sevinch” va Jizzaxning “So‘g‘diyona-W” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvda qarshiliklar 11:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Shunday qilib, “Sevinch”  jamoasi o‘z tarixida o‘n birinchi marta futzal bo‘yicha O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi.

Futzal. XII O‘zbekiston Kubogi. FINAL

 

“Sevinch” - “So‘g‘diyona W”  11:1 (8:1). 120 tomoshabin

 

Hakamlar:  Xushnudbek Atamuradov,  Husan Muzaffvrov, Asqar Arzibekov,  Farrux Muzaffarov

 

Gollar: Aziza Norboeva (4), Nilufar Qudratova (6, 17, 28), Shoira Qulturaeva (7, 9, 15), Maftuna Shoimova (14, 20, 32, 34) – Xolida Dadaboeva (17)

Ogohlantirishlar: Maftuna Shoimova, 10, Malika Burxonova, 25 – E’zoza Sharipova, 25

 

Chetlatish: Malika Burxonova, 25 (ikkinchi sariq).

mib
cola
apex
bmb