Zohir Pirimov karantinni qay tarzda o‘tkazmoqda?

Xabaringiz bor, ayni vaqtda koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida barchamizdan  uyda qolish talab qilinmoqda. Natijada, barcha mamlakatlarda futbol uchrashuvlari o‘tkazilmayapti.

Xo‘sh, o‘zbekistonlik futbolchilar karantin davrini uyda qanday o‘tkazishmoqda? Ular muxlislarga bu borada nimalarni tavsiya qilishadi?

Bugun bu haqda “Buxoro” jamoasi etakchilaridan biri – Zohir Pirimov bilan suhbatlashdik.

“Barcha qatori men ham ayni vaqtda karantinni uyda, oila davrasida o‘tkazyapman. Farzandlarimga “onlayn darslar”ni bajarishida ko‘maklashyapman. Muxlislarga, barcha yurtdoshlarimizga ham uyda qolib, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishlarini tavsiya qilgan bo‘lar edim. Aynan shu orqali ushbu kasallikni engib o‘tishimizga ishonchim komil.

Albatta, hozirgi sharoitda barcha sportchilar qatori futbolchilarga ham jismoniy holatni yuqori darajada ushlab turish biroz qiyinchilik tug‘diradi. Maydonda to‘p bilan ishlashning imkoni yo‘q. Shunday bo‘lsada, uyda jismoniy mashqlarni bajarish orqali sport  formasini saqlashga harakat qilyapman.

O‘ylashimcha, yuzaga kelgan tanaffus chempionat o‘yinlariga, natijalarga u qadar ta’sir ko‘rsatmaydi. Chunki, hozir barcha bir xil sharoitda va karantin tugab, chempionat start olganda ham, jamoalar bir xil sharoitda, bir xil formada etib keladi”, – dedi Pirimov.

 

Aziz muxlislar, siz ham karantin qoidalariga amal qiling, uyda qoling!

mib
cola
apex
bmb