O`zbekiston Liga Kubogi musobaqasida Qirg`iziston va Tojikiston jamoalari ishtirok etadi

Bilasiz, o`tgan yili ilk bor O`zbekiston Liga Kubogi musobaqasi tashkil etildi.

Joriy yildan e`tiboran mazkur musobaqada qo`shni mamlakatlar jamoalari ham qatnashishlari mumkin ekani e`lon qilinib, bu boradagi xat O`FA tomonidan Tojikiston, Turkmaniston va Qirg`iziston futbol federatsiyalariga yuborilgan edi.

Liga kubogi musobaqasining 2020 yilgi mavsumida Qirg`iziston hamda Tojikistondan 4 tadan jamoa qatnashadigan bo`ldi. Qirg`izistonning etakchi klublari – “Dordoy” (Bishkek), “Alay” (O`sh), shuningdek, “Abdish-ata” (Kant) hamda “Kaganat” (O`sh) klublari yangi mavsumda Liga Kubogi bahslarida qatnashishini tasdiqlab, rasmiy xat yuborishdi. Shuningdek, Tojikistonning “Ho`jand” (Ho`jand), “Regar-TadAZ” (Tursunzoda), “Ko`ktosh” (Rudaki) hamda “Istaravshan” (Istaravshan) jamoalari ham O`zbekiston Liga Kubogida ishtirok etish niyatida ekanini tasdiqladi.

Qayd etish joiz, qo`shni respublika jamoalarining Liga kubogi bahslariga qo`shilishi muxlislar sog`ingan derbilarni qaytarishi mumkin. Zero qo`shni mamlakatlar etakchi jamoalarining o`zaro to`qnashuvlari ham o`zbekistonlik, ham qirg`izistonlik, qolaversa tojikistonlik muxlislarning katta qiziqishga sabab bo`lishi tayin. Shuningdek, xalqaro musobaqalardan chetda qolayotgan klublar uchun ham bunday uchrashuvlar katta tajriba maktabi bo`lishi mumkin.

Liga kubogi ishtirokchi mamlakatlar hakamlari, komissarlari, inspektorlari uchun ham muhim. Ular xalqaro o`yinlar orqali OFK musobaqalari uchun dastlabki tayyorgarlik bosqichidan o`tish imkoniga ega bo`ladi. Bunda til muammosi deyarli ko`zga tashlanmaydi.

Alohida urg`u berish lozimki, mazkur musobaqada kelasi mavsumlarda Markaziy Osiyoning qolgan mamlakatlari jamoalari ham ishtirok etishlari kutilmoqda. Bu bilan biz O`rta Osiyo jamoalarini birlashtirib turuvchi klublar musobaqasiga ega bo`lamiz, CAFA mamlakatlari o`rtasidagi munosabatlar yanada iliqlashadi. 

mib
cola
apex
bmb