Futzal: Finalchilar nomi ma`lum bo`ldi

Bugun futzal bo`yicha O`zbekiston kubogida yarim final bahslari bo`lib o`tdi. Final yo`llanmasi uchun kechgan dastlabki o`yinda Olmaliqning AGMK klubi Toshkentning “Bunyodkor” jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi – 3:3. Qo`shimcha bo`limda Aleksandr Petrov shogirdlari ikkita to`p kiritib, 5:3 hisobida g`alaba qozondi va dastlabki finalchiga aylandi.

Kunning ikkinchi o`yinida esa “Metallurg” va "Lokomotiv" jamoalari o`zaro kuch sinashdi. Mazkur uchrashuvning ham asosiy vaqti 3:3 hisobi bilan yakuniga etdi. Ekstra taymda “temiryo`lchilar” ikkita gol kiritishdi va final yo`llanmasiga ega chiqishdi.

Futzal bo`yicha O`zbekiston kubogi / Yarim final

26 dekabr, payshanba

AGMK – BUNYoDKOR 5:3 (Asosiy vaqt 3:3)

Hakamlar: Nikita Afinogenov, Rustam Tog`aev, Sanjar Nazarov, Umid Po`latov

Nazoratchi: Valentin Shashkov

Gollar: Alan Aminov (8), Dilshod Rahmatov (16, 48 penaltidan), Ilhomjon Hamroev (27), Anasxon Rahmatov (50) – Timur To`raqulov (18 penaltidan), Jamoliddin Normirzaev (33, 34)

Ogohlantirishlar: Davron Abdurahmonov, 31 – Olimjon Vohidov, 14, Umidjon Zayniddinov, 27, Alisher Xolmuhammedov, 48, Ag`zam Saidahmatov, 48.

 

 

METALLURG – LOKOMOTIV 3:5 (Asosiy vaqt 3:3

Hakamlar: Umid Po`latov, Sanjar Nazarov, Rustam Tog`aev, Nikita Afinogenov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Gollar: Odiljon Asomov (16, 17), Alisher Ibragimov (27) –Ruslan Veklich (7), Mirzohid Haydarxo`jaev (10), Abbos Elmurodov (38), Abdulla Solixov (46), Sarvar Shoahmedov (50)

Ogohlantirishlar: Shohrux Shokarimov, 10,  Alisher Ibragimov, 47 – Jamoliddin Sharipov, 36, Muzaffar Ahadjonov, 44.

 

FINAL

29 dekabr, yakshanba

17:00 AGMK – “Lokomotiv”.

mib
cola
apex
bmb