“Paxtakor” – tarixda ilk marta o`tkazilgan Liga kubogi g`olibi!

Bugun Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida tarixda ilk marotaba o`tkazilgan Liga kubogi musobaqasining final uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda Olmaliqning AGMK jamoasi Toshkentning “Paxtakor” klubiga qarshi bahs olib bordi.

Qiziqarli va gollarga boy tarzda kechgan bellashuvda “sherlar” 6:2 hisobidagi yirik g`alabani qo`lga kiritishdi va Liga kubogi g`olibi bo`lishdi. Shu tariqa, Shota Arveladze shogirdlari bir mavsumda uchta titul qo`lga kiritib, “oltin trebl” qayd etgan dastlabki o`zbek jamoasiga aylandi.

O`zbekiston Liga kubogi / Final

5 dekabr, chorshanba

AGMK – PAXTAKOR 2:6

Toshkent. “Paxtakor” markaziy stadioni. 1152 tomoshabin

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Husniddin Shodmonov, Aleksandr Burov, Elyor Tursunov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Aleksandr Davidenko

Gollar: Igor Sergeev, 5 (0:1), Dragan Cheran, 42 (0:2), Dostonbek Hamdamov, 50 (0:3), Dostonbek Hamdamov, 55 (0:4), Jasurbek Umarov, 64 (1:4), Dragan Cheran, 67 (1:5), Xojiakbar Alijonov, 78 (1:6), Murodjon Toshmatov, 86 (2:6)

AGMK: Suhrobjon Sultonov, Erkin Baydullaev, Elguja Grigalashvili (Murodjon Toshmatov, 50), Zafar Polvonov (Jasurbek Hakimov, 79), Zohir Pirimov, Mig`iyos Sulaymonov, Akmal Shorahmedov, Jasurbek Umarov, Sardor Rahmonov, Boburbek Yuldashov (Rasul Yuldashev, 63), Igor Zonich.

“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Xojiakbar Alijonov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Igor Sergeev (Marat Bikmaev, 70), Xumoyunmirzo Iminov, Egor Krimets (Marko Simich, 58), Dostonbek Hamdamov (Shohrux Mahmudxojiev, 79), Sherzod A`zamov, Sardor Sobirxo`jaev, Farruh Sayfiev.

 

Ogohlantirishlar: Jasurbek Umarov, 30 – Egor Krimets, 11.

mib
cola
apex
bmb