Ayollar futboli. O`zPFL Kubogi: “Dinamo-W ” – “Andijanka” 0:0

Olmaliqda ayollar futboli bo`yicha O`zPFL Kubogining bosh sovrin uchun bahslari davom etmoqda.  Bugun Samarqandning “Dinamo-W” jamoasi “Andijanka”ga qarshi bahs olib bordi va 0:0 hisobida durang o`ynadi.

 

Shu tariqa, “Andijanka” jamoasi bir durang va bir mag`lubiyat bilan musobaqani tark etdi.

 

Kubok sohibi esa ertaga bo`lib o`tadigan “Navbahor-W” hamda “Dinamo-W” jamoalari o`rtasidagi qarama-qarshilikdan so`ng aniqlanadi. Namanganliklarga durang natija ham kifoya qilsa, samarqandlik qizlarni faqatgina g`alaba g`olibga aylantiradi.

 

Ayollar futboli bo`yicha O`zPFL Liga kubogi

 

15 noyabr, juma

 

DINAMO-WANDIJANKA 0:0

 

Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 40

tomoshabin

 

Hakamlar: Xusnora Jumaeva, Roziyabonu Yusupova, Xayriniso Erkinova

 

Nazoratchi: Ro`zim Davletmuradov

 

Komissar: Oybek Yunusov

 

Ogohlantirishlar: Yo`q – Gulira`no Hasanova, 79, Omadoy Mingboeva, 88.

 

 

mib
cola
apex
bmb