Ayollar futboli. O`zPFL Kubogi: “Andijanka” – “Navbahor-W” 1:2

Olmaliqda ayollar futboli bo`yicha O`zPFL Kubogining bosh sovrin uchun bahslari start oldi. “Sho`rtan-Lady” jamoasi musobaqaga etib kelmagani bois, qur`a natijasiga ko`ra “Andijanka” va “Navbahor-W” jamoalari o`zaro kurash olib borishdi va yakunda namanganlik qizlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi.

Ertaga esa andijonliklar “Dinamo-W” jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi. .

Ayollar futboli bo`yicha O`zPFL Liga kubogi

14 noyabr, payshanba

ANDIJANKA – NAVBAHOR-W 1:2

Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 25 tomoshabin

Hakamlar: Husnora Jumaeva, Roziyabonu Yusupova, Xayriniso Erkinova

Nazoratchi: Ro`zim Davletmurodov

Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Albina Babakulova, 14 (1:0), Nargiza Abdurasulova, 45 (1:1), Nilufar Dadajonova, 61 (1:2)

 

Ogohlantirishlar: Albina Babakulova, 41, Maftuna Jo`raeva, 78 – Sarvinoz Kamoljonova, 41.

mib
cola
apex
bmb