Ayollar futboli. O`zPFL Kubogi: “Buxoro-W” – “AGMK-W 2” 1:0

Bugun, 13 noyabr kuni Olmaliq shahrida ayollar o`rtasida O`zPFL Kubogining 5-7-o`rinlar uchun bahslari yakuniga etdi.  Oxirga o`yin “Buxoro-W” va “AGMK-W2” jamoalari o`rtasida bo`lib o`tdi.  Uchrashuvning 46-daqiqasida Zebiniso G`anieva tomonidan kiritilgan yagona gol buxoroliklarning g`alabasini ta`minladi.  Shunday qilib, “Surxon-W” jamoasi 5-o`rinni, “Buxoro-W” jamoasi 6-o`rinni va “AGMK-W2” jamoasi 7-o`rinni egalladi.

Ertaga musobaqaning bosh sovrini uchun kurashlar davom ettiriladi. Unda “Andijanka”, “Navbahor” va “Dinamo-W” jamoalari ishtirok etadi. “Sho`rtan-Lady” klubi iqtisodiy muammolar tufayli musobaqaga etib kela olmasligini ma`lum qildi.  Ertaga “Andijanka” va “Navbahor-W” jamoalari o`zaro kuch sinashishadi. Mag`lub bo`lgan jamoa 15 noyabr kuni “Dinamo-W” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ayollar futboli bo`yicha O`zPFL Liga kubogi

13 noyabr, chorshanba

BUXORO-W– “AGMK-W2” 1:0

Olmaliq. OKMK sport majumasi. 15 tomoshabin

Hakamlar: Kristina Borisova, Aleksandra Konchikova, Darya Snetkova

Nazoratchi: N. Ro`zimov

Komissar: Oybek Yunusov

Gol: Zebiniso G`anieva, 46 (1:0)

 

Ogohlantirish: Sohiba Seitmirova, 46 – yo`q.

mib
cola
apex
bmb