Ayollar futboli. Olmaliqda PFL Liga kubogining ikkinchi bosqich o`yinlari start oldi

Bugun Olmaliqda ayollar futboli bo`yicha Oliy va Birinchi ligada ishtirok etuvchi futbol klublari o`rtasida o`tkaziladigan O`zPFL Liga Kubogi musobaqasining ikkinchi bosqich o`yinlari start oldi.

Dastlabki kunda mahalliy “AGMK-W 2” jamoasi Termizning “Surxon-W” klubiga qarshi bahs olib bordi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Musobaqa taqvimiga ko`ra, ertaga yana bir uchrashuv bo`lib o`tadi. Unda “Buxoro-W” “Surxon-W” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ayollar futboli bo`yicha O`zPFL Liga kubogi

11 noyabr, dushanba

AGMK-W 2 - SURXON-W 1:2

Olmaliq. OKMK SM. 53 tomoshabin

Hakamlar: Kristina Borisova, Aleksandra Konchikova, Darya Snetkova

Nazoratchi: Ro`zim Davletmuratov

Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Aygerim Otenazarova, 7 (1:0), Nilufar Murodova, 10 (1:1), Muqaddas Abdurahmonova, 32 (1:2)

 

Ogohlantirishlar: Ruhsora Usmonova, 70, Rayxona Abdurahimova, 74 - Ma`rifat Raimova, 89.

mib
cola
apex
bmb