Mirjalol Qosimov: "Paxtakor" haqli ravishda g`alaba qozondi

“Paxtakor” va AGMK (3:0) jamoalari o`rtasidagi Coca-Cola O`zbekiston kubogi final o`yinidan so`ng olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov uchrashuv borasidagi o`z fikrlarini bildirib o`tdi.

 

Final orqali Osiyo chempionlar ligasiga yo`llanma olish hamda sovringa ega chiqishni juda ham xohlagandik. Shu boisdan ham jiddiy tayyorgarlik ko`rgandik. Biroq keraksiz joyda to`p yo`qotilgani qimmatga tushdi. Futbolchilarning darajasi bugun o`z so`zini aytdi. Ko`rgan bo`lsangiz, Cheran bugun ajoyib harakat qildi. Umuman olganda, "Paxtakor" haqli ravishda O`zbekiston kubogi g`olibi bo`ldi. Futbolda kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. Hayot esa davom etadi. 

 

Futbol - jamoaviy o`yin. Birinchi bo`limda yomon o`yin ko`rsatmadik. Simich ikkita vaziyatda, Suyunov ham ko`plab vaziyatlarda jamoasini qutqarib qoldi. Ikkinchi golga qadar yaxshi o`ynadik, biroq penaltidan kiritilgan goldan so`ng yigitlarda ishtiyoq tushib ketdi. Birinchi goldan keyin qulay imkoniyatlarga ega bo`ldik, ammo yakunlay olmadik”, - dedi mutaxassis.

mib
cola
apex
bmb