Ayollar futboli. “Bunyodkor-W” o`z tarixida ilk bor O`zbekiston kubogini qo`lga kiritdi

Bugun ayollar futbolchi bo`yicha XVIII O`zbekiston kubogi final bahsi bo`lib o`tdi. Unda Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi “Sevinch”ga qarshi bahs olib bordi.

“To`qimachi” stadionida kechgan qarama-qarshilikda “qaldirg`ochlar” 2:0 hisobidagi ishonchli g`alabani qo`lga kiritishdi. Gollarga Lyudmila Karachik hamda Tojinisaxon Rashidovalar mualliflik qilishdi.

Shu tariqa, Elmira Gulamova shogirdlari o`z tarixida ilk bor mamlakat kubogini qo`lga kiritib, klub tarixida yangi sahifa ochishdi.

Ayollar futboli bo`yicha O`zbekiston kubogi / Final

BUNYoDKOR-W – SEVINCh 2:0

Toshkent. “To`qimachi” stadioni. 955 tomoshabin

Hakamlar: Vadim Agishev, Hayriniso Erkinova, Roziyabonu Yusupova, Kristina Borisova

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Lyudmila Karachik, 51 (1:0), Tojinisaxon Rashidova, 54 (2:0)

“Bunyodkor-W”: Olga Kaxarova, Zumratjon Nazarova, Lyudmila Karachik, Dilnoza Bektemirova, Saida Galimova, Marina Kosnikova, Umida Zoirova, Feruza Turdiboeva, Soliha Husniddinova, Tojinisaxon Rashidova (Nozimaxon Ergasheva, 84), Mahliyo Sarikova.

“Sevinch”: Maftuna Jonimqulova, O`g`iloy Qo`chqorova, Laylo Shodieva, Maftuna Shoimova, Rushaniya Safina, Shahnoza Qurbonova, Tanzilya Zarbieva, Sevara Normurodova (Shodiya Tosheva, 55), Maftuna Panjieva, Malika Burxonova, Nilufar Qudratova.

Ogohlantirishlar: Soliha Husniddinova, 65 – Maftuna Shoimova, 72.

Ayollar o`rtasida O`zbekiston Kubogi sohiblari:

2002 yil – “Andijanka” (Andijon)

2003 yil – “Andijanka” (Andijon)

2004 yil – “Andijanka” (Andijon)

2005 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2006 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2007 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2008 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2009 yil – “Andijanka” (Andijon)

2010 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2011 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2012 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2013 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2014 yil – “Metallurg W” (Bekobod)

2015 yil – “Metallurg W” (Bekobod)

2016 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2017 yil – “Metallurg W” (Bekobod) 

2018 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2019 yil –  “Bunyodkor W” (Toshkent).

 

mib
cola
apex
bmb