Coca-Cola O`zbekiston kubogi finali oldidan matbuot anjumani muxlislar qarshisida — “Samarqand darvoza”da bo`lib o`tadi

Professional futbol ligasi Coca-Cola O`zbekiston kubogi finalini yuqori saviyada tashkil etish yo`lida “Samarqand darvoza” savdo-ko`ngilochar markazi bilan kelishuvga erishdi. Unga ko`ra, final oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari hamda futbolchilari ishtirokidagi matbuot anjumani Toshkent markazida joylashgan “Samarqand darvoza”da bo`lib o`tadi.

 

Rejaga ko`ra, Shota Arveladze ham, Mirjalol Qosimov ham matbuot anjumaniga jamoaning etakchi futbolchilari bilan tashrif buyuradi. Bunda anjuman odatdagi ko`rinishda emas, bayramona ruhda o`tishi asosiy ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonni istalgan futbol muxlisi kuzatib borish imkoniyatiga ega.

 

Coca-Cola O`zbekiston kubogi g`olibiga topshiriladigan yangi sovrin ham shu kuni “Samarqand darvoza”ga olib kelinadi. Istovchilar uning fonida futbolchilar hamda murabbiylar bilan suratga tushishlari mumkin.

 

“Paxtakor” va AGMK klublari muxlislari o`z suyukli futbolchilaridan dastxat olish, ular bilan yuzma-yuz suhbatlashish imkoniyatga ega bo`lishlari mumkin.

Ma`lumot uchun, “Samarqand darvoza” savdo-ko`ngilochar markazidagi tadbir 25 oktyabr — juma kuni soat 19:00 da bo`lib o`tadi.

mib
cola
apex
bmb