Ayollar futboli. O`zbekiston kubogining final uchrashuvi 24 oktyabrda o`tkaziladi

Ayollar o`rtasidagi O`zbekiston kubogining final uchrashuviga Toshkentning “Bunyodkor” hamda Qarshining “Sevinch” jamoalari etib kelishdi. Chempionlik poygasida ham jiddiy raqobat qilayotgan mazkur ikki klub o`rtasidagi hal qiluvchi o`yinga bo`lgan qiziqish katta.

Rejaga ko`ra final o`yini 25 noyabr kuni o`tkazilishi kerak edi. Taqvim bo`yicha 17-26 oktyabr kunlari Qirg`iziston poytaxti Bishkek shahrida ayollar o`rtasida CAFA kubogi bo`lib o`tishi belgilangandi. Biroq ayrim sabablarga ko`ra, Bishkekdagi musobaqa keyinroqqa qoldi. Natijada oktyabr oyining yuqorida keltirib o`tilgan kunlarida bo`shliq yuzaga keldi. O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Professional futbol ligasi o`zaro kelishib, mana shu vaqt oralig`ida mamlakat kubogining final uchrashuvini o`tkazishni lozim deb topdi. Bu qaror shuningdek kubok finalining noyabr oyi so`ngiga qolib ketmasligini ham ta`minlab beradi. O`z navbatida Toshkent va Qarshi jamoalari ham yuqoridagi qarorni qo`llab-quvvatlashdi.

Shundan kelib chiqib, 24 oktyabr — payshanba kuni final uchrashuvi Toshkentdagi “To`qimachilik” stadionida o`tadigan bo`ldi. Bellashuv soat 15:00 da start oladi.

mib
cola
apex
bmb