O`zbekiston kubogi. “Sevinch” ikkinchi finalchi

Bugun ayollar futbolchi bo`yicha XVIII O`zbekiston kubogining ikkinchi yarim final o`yini bo`lib o`tdi. Qarshining “Sevinch” klubi o`z maydonida Toshkentning “Lokomotiv-W” jamoasini qabul qildi va raqib darvozasiga javobsiz 4 ta to`p kiritdi.

Shu tariqa, qarshiliklar O`zbekiston kubogi finaliga yo`l olishdi. Vladislav Xan shogirdlari hal qiluchi bahsda Toshkentning “Bunyodkor-W” klubiga qarshi maydonga tushishadi.

Ayollar futboli bo`yicha O`zbekiston kubogi / Yarim final

SEVINCh – LOKOMOTIV-W 4:0

Qarshi. “Geolog” stadioni. 63 tomoshabin

Hakamlar: Kristina Borisova, Kristina Sereda, Aleksandra Konchikova, Marjona Rahmatqulova

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Yuliya Panina

Gollar: Maftuna Panjieva, 4 (1:0), Maftuna Shoimova, 66 penaltidan (2:0), Malika Burxonova, 82 (3:0), Shahnoza Qurbonova, 90+2 (4:0)

“Sevinch”: Angelina Polushkevich, O`g`iloy Qo`chqorova, Maftuna Shoimova, Rushaniya Safina, Shahnoza Qurbonova, Tanzila Zarbieva, Sevara Normurodova (Gulzoda Amirova, 72), Maftuna Panjieva (Laylo Tilovova, 88), Shodiya Tosheva (Alisa Zaxarenko, 70), Malika Burxonova, Nilufar Qudratova.

“Lokomotiv-W”: Kamila Yumangulova, Elvina Kamolieva, Zebiniso Halimova, Dildora Ergasheva, Jesika Kruchinina, Nodira Iskandarova, Kamola Berdieva, Omadxon Sultonova, Jasmina Abdug`anieva (So`g`diyona Allamuradova, 75), Oysara Suyunova, Laylo Tosheva (Mahliyo G`afforova, 85).

Ogohlantirish: Laylo Tosheva, 85.

mib
cola
apex
bmb