“Oqtepa” – AGMK uchrashuvi “Do`stlik” stadionida o`tkaziladi

O`zbekiston Kubogi 1/4 final doirasidagi “Oqtepa” hamda AGMK klublari o`rtasidagi o`yin “Do`stlik” stadionida bo`lib o`tadi.

Eslatib o`tamiz, uchrashuv mezboni hisoblangan “Oqtepa” klubi uy stadioni O`zbekiston Kubogi musobaqasini o`tkazish bo`yicha reglament talablariga javob bermaydi. Klub stadioni o`zi ishtirok etayotgan A Pro Ligasi talablariga mos keladi. Ammo, Kubok bahslari 1/8 finaldan boshlab, sun`iy qoplamali maydonda o`ynalishiga ruxsat berilmaydi.

Shu sababli, o`yin Toshkent viloyatidagi “Do`stlik” stadioniga ko`chirildi. “Oqtepa” va AGMK klublari o`rtasidagi o`yin 21 avgust kuni o`tkaziladi.

mib
cola
apex
bmb