O`FA tartib intizom qo`mitasi “Metallurg” – AGMK uchrashuvidagi bahsli vaziyatlar bo`yicha qaror chiqardi

Superliganing 14-turi doirasidagi “Metallurg” – AGMK uchrashuvida ko`plab bahsli vaziyatlar ro`y berdi va muxlis-u mutaxassislarning bahs-munozalariga sabab bo`ldi. O`FA tartib intizom qo`mitasi ushbu uchrashuv yuzasidan yig`ilish o`tkazdi va o`yindagi barcha vaziyatlarni sinchkovlik bilan o`rganib chiqdi.

Natijada, AGMK klub bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullaevga ochiqchasiga e`tiroz bildirib, unga nisbatan qo`pol muomalada bo`lgani uchun superliganing 1 uchrashuviga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

Uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullaev ishida esa o`yin tizginini qo`ldan chiqarish, ko`plab xatolarga yo`l qo`yish kabi kamchiliklar aniqlandi. Ushbu holatlarni inobatga olgan holda tartib intizom qo`mitasi Nasibullaevni 4 uchrashuvga chetlatdi va jarimaga tortdi.

O`yinga har tomonlama professional darajada tayyorgarlik ko`rmaganligi aniqlangan ushbu hakam, shuningdek, quyi ligaga tushirildi.

O`FA hamda PFL hakamlar, murabbiy va futbolchilar, shuningdek, futbol uchrashuvlarida ishlaydigan barcha mas`ul xodimlarni professionallik, o`zaro hurmat hamda intizom normalariga qat`iy rioya qilishga chaqiradi.

mib
cola
apex
bmb