O`zPFL bosh direktori Omon G`ofurov ishdan bo`shash haqida ariza yozdi

O`zbekiston Professional futbol ligasiga 2017 yilning 10 oktyabridan buyon rahbarlik qilib kelayotgan Omon G`ofurov boshqa ishga o`tayotganligi munosabati bilan ishdan bo`shash haqida ariza yozdi.

 “O`tgan vaqt davomida mamlakat futbolini rivojlantirish yo`lida qo`limizdan kelgancha ishladik. Mana shu davrda elkama-elka mehnat qilgan jamoamizga o`z minnatdorchiligimizni bildiraman. Mashaqqatli yo`lda O`zbekiston futbol assotsiatsiyasining yangi rahbariyatiga kuch-quvvat, omad va zafarlar tilayman. Ish bor joyda albatta xato va kamchiliklar ham bo`ladi. Buning uchun mamlakat futboli jamoatchiligidan, futbol muxlislaridan uzr so`rayman. O`zbekiston futboli va uning muxlislari katta g`alabalarga munosib. Hammasi uchun rahmat”, — deb aytib o`tdi Omon G`ofurov o`z arizasi haqida ma`lumot berib. 

O`zbekiston Professional futbol ligasi Omon Fayzullaevichning kelgusi faoliyatiga omadlar tilaydi.

mib
cola
apex
bmb