«Dinamo» - «Qizilqum» uchrashuvida “Saratondan soyabon bo`l” xayriya aktsiyasi o`tkazildi

O`zPFL tashabbusi bilan boshlangan “Saratondan soyabon bo`l” xayriya aktsiyasida Superliga klublari tomonidan faol qo`llab quvvatlanmoqda. 

CocaCola Superliga 10-turi doirasidagi «Dinamo» - «Qizilqum» uchrashuvida PFL tashabbusi bilan «Dinamo» klubi tomonidan o`tkazilayotgan “Saratondan soyabon bo`l” xayriya aktsiyasi o`tkazildi. 

Shu kuni stadion kirish eshiklari oldida xayriya qutilari o`rnatildi. Qolaversa, 3 nafar ushbu hastalik bilan kurashayotgan bolalar – Azimxon, Sohibjon va Diyorbek o`yinga tashrif buyurishdi.  Azimxon esa maydonga tushib, o`yinni ramziy ma`noda boshlab berdi. 

mib
cola
apex
bmb