“Nasaf”: “Saratondan soyabon bo`l” xayriya aktsiyasi. 11 yoshli Sevinchga yordam beraylik

O`zPFL tashabbusi bilan boshlangan “Saratondan soyabon bo`l” xayriya aktsiyasida “Nasaf” futbol klubi ham bunday savobli ishga o`z xissasini qo`shishini bildirdi.

Shu yil o`zining 11-bahorini qarshilagan Sevinchxonning ham orzu istaklari bir olam. U ham o`zi tengi qizlar bilan chopqillab o`ynagisi, birgalikda maktabga borgisi va dars qilgisi keladi. Ammo joriy yilning fevral oyidan boshlab bu qizaloq saraton kasalligi bilan kurashib kelmoqda.

Sevinch Qashqadaryo viloyat onkologiya dispanserida jarrohlik amaliyotini o`tadi. Ammo u kasallik asoratlaridan butunlay forig` bo`lib, o`z tengqurlari qatoriga qo`shilishi uchun yaxshilar ko`magiga muxtoj.

“Nasaf” futbol klubi saraton xastaligi bilan kurashayotgan Sharipova Sevinchni qo`llab-quvvatlaydi va uning tez orada oyoqqa turib ketishi uchun uchun imkon qadar yordam ko`rsatadi. 

       

Karta raqami:  8600 0609 5707 1427 (Maydonova Zilola)

mib
cola
apex
bmb