Saidkamol, "Navbahor" va o`zbek futboli jamoatchiligi sen bilan!

O`zPFL tashabbusi bilan boshlangan “Saratondan soyabon bo`l” xayriya aktsiyasida “Navbahor” futbol klubi ham faol ishtirok etmoqda. 

Klub Coca Cola Superliga 9-turi doirasidagi “Navbahor” – “Metallurg” uchrashuviga ushbu hastalik bilan kurashayotgan Saidkamolni taklif etdi. 7 yoshli Saidkamol stadionga barchadan avval tashrif buyurdi va o`yin oldidan maydonga chiqib, professional futbolchilar qanday maydondan to`p surishini o`z ko`zi bilan tomosha qildi.

So`ngra maydonga jamoalar bilan chiqib keldi va sevimli jamoasi – “Navbahor” futbolchilar bilan birga surtaga tushdi. Shuningdek, unga “O`zbekinvest” eksport-import milliy sug`urta kompaniyasi tomonidan 3 millon so`mlik chek ham topshirildi.

O`yindan keyin o`tkazilgan matbuot anjumanida ham Saidkamol ishtirok etdi va har ikki jamoa murabbiylari bilan yonma-yon o`tirdi. Yosh bolakay uyiga bugun olam-olam taassurotlar bilan qaytdi! 

Saidkamol, "Navbahor" va o`zbek futboli jamoatchiligi sen bilan! 

mib
cola
apex
bmb