“Navbahor” Frantsiyaning “Lion” klubi bilan hamkorlikni yo`lga qo`ymoqda

Navbahorjamoasi FrantsiyaningLionklubibilanhamkorlikniyo`lgaqo`ymoqda. Mazkur hamkorlik doirasida “Lion” jamoasi Xalqaro ishlar boshqarmasi rahbari Klement Mishon 15 may kuni Namanganga tashrif buyurdi. Mazkur tashrifning ilk kunida frantsiyalik mehmon Namangan shahridagi “Markaziy” o`yingohda Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Hayitbaevich Bozarov bilan uchrashib, hamkorlik masalalari bo`yicha o`zaro suhbatlashdi.

Klement Mishon Namangan viloyat futbol akademiyasiga ham tashrif buyurdi. U erda Klement Mishon akademiya direktori G`anisher Ismoilov, bundan tashqari, akademiya murabbiylari bilan uchrashdi.

Shuningdek, martabali mehmon ayollar futboli bo`yicha Superliga 5-turi doirasidagi “Navbahor” – “Bunyodkor” jamoalari o`rtasidagi bahsni ham tomosha qildi. 

Klement Mishon viloyatimizda yana 2 kun davomida bo`lishni rejalashtirgan. Tashrif doirasidan “Navbahor” PFK qoshidagi 17-sonli akademiyaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o`smirlar sport maktabi, To`raqo`rg`on tumanidagi bolalar-o`smirlar sport maktabi, Uchqo`rg`on tumanidagi olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internati faoliyatlari bilan tanishi o`rin olgan.

mib
cola
apex
bmb