U-18 jamoasini belgilangan muddatda ro`yxatdan o`tkazmagan klublarga intizom chorasi qo`llanildi

Bilasiz, O`zbekiston Professional futbol ligasining 2019 yilgi musobaqalarni o`tkazish reglamentiga muvofiq Superliga hamda Pro-liga jamoalarining har biri U-18 jamoasiga ega bo`lishi lozim. 

 

Biroq “Iftixor”, “Ittifoq-Buxoro”, “Zarangari”, “Yashnobod” va “Zirabuloq” klublari U-18 jamoasini belgilangan muddatda ro`yxatdan o`tkazmadi. 

Shu sababdan O`zbekiston Professional futbol ligasining 2019 yilgi musobaqalarni o`tkazish reglamenti 6.44 bandi talablarini bajarmagani uchun “Iftixor”, “Ittifoq-Buxoro”, “Zarangari”, “Yashnobod” va “Zirabuloq” futbol klublariga nisbatan Reglamentning 4.14 bandiga hamda Intizom kodeksining 5.34 bandiga asosan 50 million so`m miqdorida jarima intizom chorasi qo`llanildi. 

mib
cola
apex
bmb