Yaypan Proliga-2026 qatnashchilari safiga qabul qilindi

11.02.2026Proliga

Yaypan Proliga-2026 qatnashchilari safiga qabul qilindi

Farg‘onaning Yaypan klubi Farg‘ona viloyati futbol assotsiatsiyasi qoshida tashkil etilgani va u viloyat hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani ma’lum qilingandi. 


O‘tgan davr ichida Yaypan klubining O‘zbekiston tumanida joylashgan stadion, futbol bazasi, akademiyasi va uning qoshidagi mashg‘ulot maydonlaridan foydalanishi masalasi hal etildi. Infratuzilma davlat-xususiy sheriklik asosida bunyod etilgan bo‘lib, keyingi besh yil davomida undan Yaypan klubining foydalanishi borasida kelishuvga erishildi. 


Viloyat hokimi tashabbusi bilan stadionni katta futbol uchrashuvlariga tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Uning maydoni joriy yilning aprel oyiga qadar Liga talab qilgan minimal ko‘rinishga keltirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Yaypan futbol maktabi tarbiyalanuvchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ularning klub tasarrufiga qabul qilinishi va undan chiqarilishi kabi masalalar Liga yordamida tartibga keltiriladi va sakkizta yosh toifasi bo‘yicha tarbiyalanuvchilar ro‘yxatga olinadi. 


Yaypan klubining smeta xarajatlari talab etilgan ko‘rinishda to‘liq ishlab chiqilgani, klub keyingi besh yil davomida katta futbol uchrashuvlarini qabul qila oladigan stadiondan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgani, bolalar futbolini rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha aniq rejalarga ega ekanligidan kelib chiqib, Liga uni viloyat hokimi Xayrulla Bozorov kafolati ostida Proliga qatnashchilari safiga qo‘shishga qaror qildi.

Yaypan Proliga-2026 qatnashchilari safiga qabul qilindi
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar