
Kecha — 30-aprel kuni Proliga 6-turidan o‘rin olgan Yaypan 1:2 Gʻazalkent uchrashuvi O‘zbekiston tumanida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunlanganidan so‘ng mezbon klub muxlislari texnik zonani kesib o‘tib, ommaviy ravishda maydonga tushib ketgan bo‘lib, undagi barcha tafsilotlar Liga Komissari bildirgisida aks etgan.
Muxlislar uchrashuv hakamlariga nisbatan keskin e’tiroz bildirishga uringan. Shunga qaramay, jamoat tartibiga mas’ul xodimlar sa’i-harakatlari evaziga hakamlar xavfsizligi to‘liq ta’minlangan. Uchrashuv rasmiylari, raqib jamoa a’zolari va texnik hududda bo‘lgan boshqa shaxslarga tan-jarohatlari yetkazish holatlari kuzatilmagan.
Mazkur masala Liga Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.