
O‘zbekiston Superligasining 2026-yilgi mavsumi alohida qiziqish bilan kutilmoqda. Sababi, o‘tgan mavsum xorijiy chempionatlarda faoliyat olib borgan O‘tkir Yusupov, Nurillo To‘xtasinov, Sherzod Esonov va Shahboz Umarov kabi futbolchilari yangi mavsumni yana O‘zbekiston Superligasida boshlashadi.
Xalqaro tajriba, boshqa futbol maktablari va yuqori raqobat muhiti bilan boyigan bu futbolchilarning qaytishi milliy chempionat saviyasining yanada oshishiga xizmat qilsa ajab emas.
