Xorazm Superligadagi o‘rnini saqlab qoldi
10.12.2025Superliga

Buxoro jamoasi Superligada qolish uchun Xorazm klubi bilan pley-off bosqichida o‘zaro bahs olib bordi. Buxoro futbol akademiyasi stadionida kechgan bellashuv urganchliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi va jamoa ligadagi o‘rnini saqlab qolishga erishdi.
Buxoro esa Superligada qolish uchun 16-dekabr kuni Aral maydoniga safar qiladi.
