Xorazm – Navbahor o‘yini Jizzaxda o‘tadi
19.06.2025O‘zbekiston kubogi

O‘zbekiston kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan Xorazm — Navbahor o‘yini 2-iyul kuni Jizzax shahrida bo‘lib o‘tadi.
Xorazm klubining uy stadioni mavsumga tayyor bo‘lmaganligidan kelib chiqib, jamoa uchrashuvni So‘g‘diyona markaziy stadionida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi.