Xorazm — Dinamo bilan o‘yinni Jizzaxda o‘tkazadi

04.06.2025Superliga

Xorazm — Dinamo bilan o‘yinni Jizzaxda o‘tkazadi

Xorazm Superliga 12-turidan o‘rin olgan Dinamo bilan uchrashuvni Jizzax shahrida o‘tkazadi. Bellashuv 15-iyun kuni 20:00 da start oladi. 


Xorazm Superligaga qaytgan joriy mavsumidagi 6 ta uy uchrashuvini boshqa shaharlarda o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. Jumladan, klub ikki uy uchrashuvida raqiblarini Toshkentdagi Do‘stlik stadionida va yana shunchasini Jizzaxdagi So‘g‘diyona stadionida qabul qildi. OKMK hamda Bunyodkor klublariga qarshi uy o‘yinlari esa raqibi maydonida bo‘lib o‘tdi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar