Vitaliy Lechenko: Men Neftchi bilan OCHLda qatnashishni istardim

09.11.2024Superliga

Vitaliy Lechenko: Men Neftchi bilan OCHLda qatnashishni istardim

Superligada 24-tur bahslari davom ettirildi. Neftchi jamoasi bu tur safarda Surxon bilan kuch sinashdi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Vaziyatlardan foydalanilmagan o‘yin. Chunki birinchi taymdagi imkoniyatlarimizdan foydalana olganimizda o‘ylaymanki, o‘yin sur’ati boshqacha tus olardi va barchasi boshqacha bo‘lardi. Bunday vaziyatlarda qanday qilib gol urmaslik mumkin?! Tushunmayman! Qanday qilib darvozaga to‘p kirmadi? Bahs ko‘proq pozision o‘yinga aylandi. Kurashlarga boy o‘tdi va g‘alaba qozonishga xohish ko‘proq bo‘ldi. Lekin g‘alaba qozonishga ozgina yetmadi. 

Chempionat tugashiga ikkita tur qoldi. Neftchining sovrinli o‘rinlar uchun qanday imkoniyati bor?

Biz kurashyapmiz. Qo‘limizni tushirganimiz yo‘q. Har bir tur, har bir ochko oltinga teng. Gʻalabalar turnir jadvalidagi holatni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Biz kurashamiz. Boshimizni egmaymiz, keyingi uchrashuvga tayyorlanamiz va g‘alaba uchun o‘ynaymiz. 

Klubga chempionlik uchun kurashda nima yetishmadi?

Chempionlikka kurashish uchun hamma narsa Shveysariya soatidek ishlash kerak. Hammasi aniq ishlashi lozim. Tizim bo‘lishi, har bir odam o‘zi uchun javob berishi va albatta hammasi barqaror bo‘lishi darkor. Shunda bir narsa deyishim mumkin. Unday emas ekan, biror nima deya olmayman. Biz kurashyapmiz, deyishim mumkin. 

Surxonda ham, Neftchida ham vaziyatlardan foydalanishda muammolar bor. Umuman, Neftchi hujumda zo‘r o‘ynaydi. Buni statistikada ham ko‘rsa bo‘ladi. Nsungusining yo‘qligi bugungi natijaga, o‘yinga ta’sir qildimi?

Jamoaning natijasiga bog‘liq emas. Lekin u jangovar hujumchilardan biri. Jamoaviy o‘yin qurishda u ahamiyatli rolga ega. Ammo har qanday futbolchining yo‘qotilishi o‘z so‘zini aytadi. Aynan bugun u bizga yetishmadi, balki. Uning o‘rniga maydonga tushgan yigitlarga ishongandik va bor mahorati hamda kuchini beradi, deb o‘ylagandik. Kerakli natijaga erishishni ko‘zlagandik. 

Bizdagi ma’lumotga qaraganda, sizga Superligani bir nechta klublari qiziqishmoqda. Keyingi yili Neftchida qolishingizga qanday qaraysiz?

Juda qiziq savollar beryapsiz. Takrorlayman, men o‘z ishimni qilmoqdaman. Bundan rozilar bor va rozi bo‘lmaganlar ham bor. Jamiyatlar bor, kimgadir nimadir yoqadi, nimadir yoqmaydi. Men hammasiga tayyorman. Chunki men bu sohada yangi odam emasman, to‘g‘ri tushunaman. Har bir kursi qimirlaydi. O‘rningdan turib javob bersang o‘rningni yo‘qotasan. Shu bois jamoani o‘tirib boshqaraman (kuladi). 

Chempionat tugashiga bir oy qoldi...

Bir oy emas, ikkita o‘yin qoldi. Oldinda FIFA kunlari bor. Qaysidir jamoalar tanaffusga chiqadi, qaysidir jamoalar tayyorgarlikka kirishishadi. Yana qaysidir o‘yinchilar terma jamoalarga chaqiriladi. Bizning vazifamiz yaxshi tayyorgarlik ko‘rish va chempionatni munosib tugatish. Qo‘limizni tushirmaymiz va kelajakka optimal ravishda qaraymiz. 

Andijonning sizga qiziqayotgani rostmi? Istiqlol klubi bilan Osiyo Chempionlar ligasida yaxshi ishlaganingizni bilamiz. U yerga qaytishni xohlaysizmi? 

Istiqlolgami? Ular qaytishimni xohlashyapti (kuladi). Albatta, har bir sportchi va murabbiyning maqsadlari bor. Hamma OCHLda o‘ynashni istaydi. Men Neftchi bilan u yerda bo‘lishni xohlardim. Lekin afsus bunday bo‘lmadi.
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda