Vadim Abramov: Hojimirzayev terma jamoa darajasida, Halilov esa 50 foiz kuch bilan o‘ynamoqda

26.09.2024Superliga

Vadim Abramov: Hojimirzayev terma jamoa darajasida, Halilov esa 50 foiz kuch bilan o‘ynamoqda

Superligada 20-tur bahslari davom ettirildi. Dinamo jamoasi bu tur o‘z maydonida Surxonni qabul qildi va 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bugun o‘yin qizil kartochkagacha bo‘ldi. Surxon ochiq futbol o‘ynaydi. Ularning maydonda 10 kishi bo‘lib qolgani bizga qo‘l keldi. Biz birinchi golni kiritgach, barchasi ochilib ketdi.

Kojoga omad kelmagandek?!

U harakat qilmoqda. Keragidan ortiq harakat qilgani uchun 4 sariq kartochkani olib keyingi bahsda bizga yordam bera olmaydi. 

Anvar Hojimirzayev 9-golini kiritib, to‘purarlar poygasiga qo‘shildi. Katanes nega uni termaga chaqirmayapti?

Bilmadim, balki termada undan kuchli futbolchilar bordir. Aslida bu savol menga emas. Bizga uning o‘yini manzur kelmoqda. Shaxsan meni fikrimcha, u terma jamoa darajasida to‘p tepmoqda. Bu shundoq ham ko‘rinib turibdi.

Xislat Halilov ikki uchrashuvdan beri super gollar urmoqda?!

U hozir o‘z imkoniyatining 50 foizini ko‘rsatmoqda xolos. Biroz dangasaroq, ammo barcha kuchli futbolchilar shunday bo‘ladi.

Kojo ko‘proq o‘ziga o‘ynayotgandek tuyulmoqda?

Aslida bu hujumchiga xos. Menimcha, u bugun gol urmaganiga emas, keyingi bellashuvni o‘tkazib yuborishidan jahli chiqdi. Bu normal xolat.


Keyingi uchrashuvlar haqida fikringiz?

Biz avval Paxtakor, keyin Navbahor bilan to‘p tepamiz. Sherlarda xalqaro maydonda katta tajriba bor.
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda