Vadim Abramov: Bu men kutgan futbol emas

07.10.2024Superliga

Vadim Abramov: Bu men kutgan futbol emas

Superligada 21-tur start oldi. Dinamo jamoasi bu tur Toshkentda Paxtakor mehmoni bo‘ldi va 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bu bizni eng yaxshi o‘ynimiz emas. Bilmadim, ofsaydda turgan futbolchiga ishlatilgan qo‘pollik uchun penalti qo‘yib berishdi. VAR vaziyatni boshqacha ko‘rgandir. 2:2 hisob bo‘lgan paytda yana g‘alati penalti. Hisob esa yakunda 4:2 ko‘rinishga keldi. Hakam VAR uchun va qarorini izohlash uchun ko‘p to‘xtaldi. Balki, bu muxlislarga qiziqdir, ammo bizga emas.

Dinamoning o‘yinga rejasi qanday edi?

Biz Paxtakorni qanday o‘yin namoyish etishini bilar edik. Raqibni OCHLdagi ishtirokidan so‘ng, charchaganini hisobga olib ikkinchi taymda qo‘shmoqchi edik. Ko‘rdingiz, qanday gollar o‘tkazib yubordik.

Himoyachilaringizni o‘yini borasida fikringiz qanday?

Albatta, bu seziladi. Himoyachilarimiz birinchi pasni berishda qiynalgani uchun yarim himoyachilarimiz to‘psiz ko‘p harakat qilishga majbur bo‘ldi. Bular ta’sir qiladi. 

Xislat Xalilov nega asosiyda tushmaydi?

Bu rejamizning bir turi. Futbolchi zaxiradan maydonga tushib o‘yinga yaxshi qo‘shilishi mumkin. Hamma futbolchi ham buni uddalay olmaydi. Shuningdek, uni himoyada kam mehnat qilishi ham salbiy xislati. 

Kojoning yo‘qligi sezildimi?

Umuman olganda jamoa ko‘rsatishi kerak bo‘lgan futbolni namoyish etmadi. U bo‘lganida balki hujumlarimiz keskinroq bo‘larmidi?! Hozir biror narsa deyish qiyin. 

So‘nggi uch o‘yinda darvozangizga 3 ta penalti qo‘yildi?

Aytyapman-ku, bizni darvozaga belgilashyapti, ammo biz hech tepmadik. Keyin videolarini ko‘rib, futbolni tushunmay qolaman. Bizni foydamizga hakamlar hech narsa ko‘rmay qolishyapti. Tushunarsiz.
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar