Ulug‘bek Baqoyev: Vaqt cho‘zdik, unday deb o‘ylamayman

27.03.2025Superliga

Ulug‘bek Baqoyev: Vaqt cho‘zdik, unday deb o‘ylamayman

Superligada 3-tur bahslari start oldi. Buxoro jamoasi bu tur Xorazm bilan kuch sinashdi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Uchrashuvni yaxshi boshladik, ammo goldan so‘ng o‘ynamay qo‘ydik va Xorazm ustunlikni qo‘lga oldi. Ammo tanaffusga 1:0 hisobini saqlagan holda chiqib ketdik. Ikkinchi bo‘limda ham xuddi shu ssenariy takrorlandi. Faqat bu safar Xorazm gol kiritdi, keyingina biz o‘ynay boshladik va uchta to‘p kiritdik. Barchani bugungi g‘alaba bilan tabriklayman.
Buxoro ko‘p vaqt cho‘zdi? Men unday deb o‘ylamayman. Vaziyatni ko‘rib chiqish kerak. Balki, o‘sha vaziyatda mikrojarohat bo‘lgandir yoki qoida buzilishi sodir etilgandir. Futbolda bunday holatlar bo‘lib turadi va menimcha, bu normal holat.
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar