U19 chempionati uch mintaqaga bo‘lib o‘tkaziladi

02.03.2026U19 chempionati

U19 chempionati uch mintaqaga bo‘lib o‘tkaziladi

Bir yil muqaddam Liga mazkur formatni Birinchi liga orqali sinovdan o‘tkazgandi. Endilikda klublar bilan kelishgan holda uni U19 chempionati uchun ham joriy qilmoqda. 


Superliga va Proligada umumiy hisobda 30 qatnashchi, biroq 29 klub mavjud. Shundan kelib chiqib, Proligada ishtirok etish uchun potensial nomzod hisoblangan Guliston klubining U19 jamoasi musobaqaga o‘ttizinchi bo‘lib qo‘shiladi. 


Musobaqaning ilk bosqichida har bir jamoa o‘zaro uy-safar tizimida jami 18 tadan bellashuvda maydonga tushadi. Har bir mintaqaning eng yaxshi to‘rttadan ishtirokchisi navbatdagi bosqichga yo‘l oladi. Bunda, o‘z mintaqasi g‘oliblari va eng yaxshi 2-o‘rin egasi to‘g‘ridan to‘g‘ri ¼ finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Qolgan jamoalar esa saralash bosqichida ishtirok etadi. 


Musobaqa formati “Superliga reglamenti” va “Proliga reglamenti”da aks etgan.

U19 chempionati uch mintaqaga bo‘lib o‘tkaziladiU19 chempionati uch mintaqaga bo‘lib o‘tkaziladiU19 chempionati uch mintaqaga bo‘lib o‘tkaziladi
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar