U19 chempionati to'purari liga studiyasida mehmon bo'ldi

27.01.2026U19 chempionati

U19 chempionati to'purari liga studiyasida mehmon bo'ldi

2020-yil O‘zbekiston Professional futbol ligasi tashabbusi bilan U19 chempionati musobaqasi tashkil etilgan edi. O‘tgan davr mobaynida ushbu turnir juda ko‘plab futbolchilarni yetishib chiqishiga sababchi bo‘ldi. Shunday futbolchilardan biri Nasaf jamoasi yarim himoyachisi Lazizbek Ergashev.


Lazizbek 2007-yilning 9-dekabr sanasida Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan. U 2025-yilgi mavsum U19 chempionatida 13 ta gol kiritdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi. Yosh yarim himoyachining samarali o‘yini Nasaf jamoasining musobaqa finaliga qadar yetib borishida hal qiluvchi omillardan biri bo‘ldi.



O‘zining texnik mahorati va maydon markazidagi faolligi bilan ajralib turgan Lazizbek Ergashev kelajakda katta futbolga dadil qadam tashlay oladigan istiqbolli futbolchilardan biri sifatida porlab chiqishiga ishonamiz.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar